Tor yuqori jag' va uni kengaytirish
Yuqori jag' tor bo'lsa, doimiy tishlarga joy yetmaydi va ular qiyshiq, bir-birining ustiga chiqadi. Ko'pincha bu pastki tishlarning oldinga o'tib qolishiga (mezial prikus) ham sabab bo'ladi.

Belgilari
- Tishlar qiyshiq, "joy yo'q".
- Tanglay baland va tor.
- Tabassumda yon tomonlarda qorong'i "burchaklar".
- Og'iz bilan nafas olish, xurrak.
Xayreks qanday ishlaydi
Tanglay o'rtasidagi chok hali bitmagan paytda Xayreks yuqori jag'ni eniga kengaytiradi. Kengayish paytida old tishlar orasida vaqtincha tirqish ochiladi — bu apparat ishlayotganining belgisi. Keyin natija ushlab turiladi.
- ≈ 7–14 yoshKengaytirish eng yaxshi ishlaydigan davr.
- O'smirlik oxiriChok bitgach, oddiy usul bilan kengaytirish qiyinlashadi; boshqa yondashuv kerak bo'lishi mumkin.
Sahifa umumiy tushuncha beradi va tashxis o'rnini bosmaydi. Aniq holat va davolash rejasini doktor ko'rik va rentgendan keyin aytadi.