Sahifalar

🦷 Bepul jag' testi2 daqiqada uyda tekshiringBosh sahifaFarzandingiz prikusiOta-onalar savollariGuruhdan 265 ta savol-javobKeyslar va hikoyalarBemorlarimiz natijalariApparatlar va yoshQaysi yoshda nima qilinadiBolalar ortodontiToshkentda jag' va prikusMezial prikusPastki jag' oldindaDistal prikusPastki jag' orqadaOchiq prikusOld tishlar tegmaydiTor jag' va XayreksJag'ni kengaytirishBreketNecha yoshdan, kimga18 yoshdan keyinKattalarda jag' muammosiNarxlarKonsultatsiya va davolashOrtodont ChilonzorChilonzor filiali manziliOrtodont BeruniyBeruniy filiali manziliManzillarChilonzor va BeruniyKonsultatsiyaga yozilishRaqam qoldiring

+998 97 303 66 33

Bolalar ortodonti · Toshkent

Bolangizning jag'i o'sayotgan paytda to'g'irlash eng oson

Dr. Sherali Zaynitdinov — bolalar va o'smirlar ortodonti. Asosiy yo'nalish — tishning emas, jag'ning muammolari: pastki jag' oldinda yoki orqada, tor tanglay, ochiq prikus. Bunday holatlarni o'sish davrida, ko'p hollarda operatsiyasiz, apparatlar bilan to'g'irlaymiz.

Pastki old tishlar yuqoridagilardan oldinda — mezial prikus
Pastki tishlar oldinda: ko'p hollarda sababi jag'da

Qaysi muammolar bilan kelishadi

Nega yosh muhim

  • 5–11 yoshJag' faol o'sadi. Yo'naltirish eng oson va tez.
  • 12–14 yoshHali o'sadi, lekin imkoniyat qisqarmoqda.
  • Qizlarda ≈ 14–16, o'g'il bolalarda ≈ 16–18 yoshJag' o'sishi asosan tugaydi.
  • Undan keyinJag' holatini ko'p hollarda faqat operatsiya bilan o'zgartirish mumkin.

Qabul qanday o'tadi

  1. Ko'rikTishlar, jag'lar va yuz profili ko'riladi.
  2. Rentgen tahliliMuammo tishdami yoki jag'dami — snimkada aniqlanadi.
  3. RejaQaysi apparat, qachon boshlash, qancha vaqt va qancha turishi aytiladi.
  4. DavolashApparat odatda o'lchov bo'yicha tayyorlanadi va keyingi tashrifda qo'yiladi.

Filiallar: Chilonzor va Beruniy. Dushanba–shanba, 09:00–18:00.

Sahifa umumiy tushuncha beradi va tashxis o'rnini bosmaydi. Aniq holat va davolash rejasini doktor ko'rik va rentgendan keyin aytadi.

Bepul · 2 daqiqa

Farzandingizda ham shundaymi?

7 ta oddiy savol, rasmlarga qarab tanlaysiz. Jag' o'sishi bilan bog'liq belgilar bormi va farzandingiz yoshida nima qilish mumkin — natija darhol chiqadi.

Bepul jag' testini boshlash →
Savol-javob

Ota-onalar so'raydi

Bolani ortodontga necha yoshda ko'rsatish kerak?

Konsultatsiya va davolash 7 yoshdan boshlanadi. Eng qulay davr — 7–9 yosh. Pastki tishlar oldinda bo'lsa, 7 yoshga to'lishi bilan kutmasdan ko'rsating.

Konsultatsiya qancha turadi?

200 000 so'm. Unga ko'rik, rentgen tahlili, tashxis va davolash rejasi kiradi.

Viloyatdan kelsak bo'ladimi?

Ha, ko'p bemorlar viloyatlardan keladi. Kunni oldindan administrator bilan kelishib oling.

Operatsiyasiz to'g'irlasa bo'ladimi?

O'sish davrida ko'p hollarda ha — apparatlar jag' o'sishini yo'naltiradi. 18 yoshdan keyin jag' muammosi ko'pincha operatsiya bilan hal qilinadi.

Konsultatsiya

Doktor ko'rigiga yoziling

Ko'rik, rentgen tahlili, aniq tashxis va davolash rejasi: 200 000 so'm. Raqamingizni qoldiring, administrator o'zi qo'ng'iroq qiladi. Konsultatsiya va davolash: bolalar 7 yoshdan · faqat Toshkent shahri uchun onlayn yozilish

yoki qo'ng'iroq qiling: +998 97 303 66 33

Shu mavzuda yana