Yuqori tishlar oldinda, iyak orqada: distal prikus
Distal prikus — yuqori tishlar pastkilardan ancha oldinda turadi, iyak esa orqaga ketgandek ko'rinadi. Ko'pincha sababi pastki jag' o'sishdan orqada qolgani. Bunday holatda faqat breket qo'yilsa, tishlar tekislanadi, lekin iyak orqada qolaveradi.



Belgilari
- Yuqori old tishlar oldinga chiqqan, lab ularni to'liq yopmaydi.
- Iyak kichik, orqaga ketgan.
- Bola ko'pincha og'zini ochib nafas oladi.
- Yiqilganda old tishlar shikastlanish xavfi yuqori.
Qachon va qanday davolanadi
- 7–9 yoshSabablar (odatlar, nafas, tor jag') aniqlanadi va to'g'irlanadi.
- 9–12 yoshPastki jag'ni oldinga o'stiradigan funksional apparatlar eng yaxshi ishlaydigan davr.
- 12 yoshdanBreket bilan tishlar tekislanadi va prikus yakunlanadi.
- O'sish tugagachOg'ir holatlarda ortodont va jarroh birga ishlaydi.
Sahifa umumiy tushuncha beradi va tashxis o'rnini bosmaydi. Aniq holat va davolash rejasini doktor ko'rik va rentgendan keyin aytadi.