Narxlar va konsultatsiya
Konsultatsiyaga nima kiradi
- Tishlar, jag'lar va yuz profilini ko'rish.
- Rentgen snimkalarini tahlil qilish.
- Muammo tishdami yoki jag'dami — aniq javob.
- Qaysi apparat, qachon boshlash, qancha vaqt va umumiy narx.
Davolash narxi nimaga bog'liq
Narx bitta emas, chunki apparat bitta emas: jag'ni kengaytirish, oldinga o'stirish, breket — har biri alohida. Bolaning yoshi va holatning og'irligi ham ta'sir qiladi. Rasmga qarab aniq narx aytib bo'lmaydi — buni konsultatsiyada yozib beramiz.
Qanday snimka olib kelish kerak
Jag' muammosida faqat panorama yetmaydi: jag'lar nisbatini yon (lateral) snimka ko'rsatadi, ba'zan 3D kerak bo'ladi. Qaysi biri kerakligini yozilganingizda aytamiz — ortiqcha snimkaga pul sarflamang.
Sahifa umumiy tushuncha beradi va tashxis o'rnini bosmaydi. Aniq holat va davolash rejasini doktor ko'rik va rentgendan keyin aytadi.