Sahifalar

🦷 Bepul jag' testi2 daqiqada uyda tekshiringBosh sahifaFarzandingiz prikusiOta-onalar savollariGuruhdan 265 ta savol-javobKeyslar va hikoyalarBemorlarimiz natijalariDoktor maslahatlariMaslahatlar va FAQApparatlar va yoshQaysi yoshda nima qilinadiJag' va prikus mavzulariMezial, distal, tor jag', breket, narxlarРусскийСтраницы на русскомManzillarChilonzor va BeruniyKonsultatsiyaga yozilishRaqam qoldiring

+998 97 303 66 33

Doktor maslahatlari

Ota-onalarga 7 ta maslahat

Dr. Sherali Zaynitdinov bolalar prikusi bo'yicha ota-onalarga eng ko'p beradigan tavsiyalar.

01

Birinchi ortodont ko'rigi: 7 yosh

7 yoshga to'lganda, doimiy tishlar chiqa boshlaganda ortodontga bir marta ko'rsating, hech qanday shikoyat bo'lmasa ham. Jag' muammolari shu yoshda eng oson aniqlanadi va eng oson tuzatiladi.

02

Pastki tishlar oldinda bo'lsa, kutmang

Mezial prikus o'zi o'tib ketmaydi. Jag' o'sgan sari u kattalashadi. O'sish davrida apparat bilan tuzatish mumkin, keyin esa ba'zan faqat operatsiya qoladi.

03

Og'iz bilan nafas olishga e'tibor bering

Bola uyquda og'zi ochiq uxlasa yoki doim og'iz bilan nafas olsa, bu jag' o'sishiga ta'sir qiladi. Bunday holatda LOR shifokori va ortodontga ko'rsating.

04

Barmoq so'rish va so'rg'ichdan vaqtida voz kechish

3–4 yoshdan keyin ham davom etsa, tishlar va jag' shakli o'zgarishi mumkin. Odatni erta to'xtatish keyingi davolashni yengillashtiradi.

05

Sut tishlarini asrang

Sut tishi barvaqt tushib ketsa, doimiy tishga joy qolmasligi mumkin. Sut tishlarini davolatish ham prikus uchun muhim.

06

Apparat taqilganda gigiyena

Har ovqatdan keyin tish yuvish, apparat atrofini yaxshilab tozalash kerak. Qattiq va yopishqoq ovqatlardan (yong'oq, saqich, qattiq konfet) saqlaning.

07

Nazoratga o'z vaqtida keling

Apparat natija berishi uchun doktor uni vaqtida faollashtirib, tekshirib turishi kerak. Ko'rikni o'tkazib yuborish davolashni cho'zadi.

Doktor tushuntiradi

Xayreks va yuz niqobi qanday ishlaydi

YouTube kanalda yana videolar →

Savol-javob

Ota-onalar eng ko'p so'raydigan savollar

Mezial prikus nima?

Tishlaganda pastki old tishlar ustkilardan oldinda turadigan holat. Ko'pincha sababi jag'da: yuqori jag' tor yoki orqada qolgan bo'ladi.

Prikus o'zi to'g'rilanib ketadimi?

Yo'q. Bola o'sgan sari jag' ham o'sadi va muammo kattalashadi. Shuning uchun o'sish davrida davolash muhim.

Necha yoshda ortodontga ko'rsatish kerak?

Doktor bolalarni 7 yoshdan qabul qiladi, eng qulay davr — 7–9 yosh. 7 yoshgacha holatni kuzatib boring va savollaringizni guruhda bering. Pastki tishlar oldinda bo'lsa, 8–9 yoshdan o'tkazib yubormang.

Davolash qancha davom etadi?

Har bir holatda alohida. Bemorlarimizda birinchi natija 2–3 oyda ko'rindi. Aniq muddatni doktor konsultatsiyada aytadi.

Davolash og'riqlimi?

Apparat qo'yilgandan keyingi dastlabki kunlarda bosim yoki noqulaylik sezilishi mumkin, keyin bola ko'nikadi. Batafsilini doktor ko'rikda tushuntiradi.

Xayreks nima?

Tanglayga mahkamlanadigan apparat. U tor yuqori jag'ni eniga kengaytiradi va tishlarga joy ochadi.

Yuz niqobini maktabga taqib boradimi?

Yo'q. Niqob maktabdan kelgach uyda va uxlaganda taqiladi, kuniga 10–15 soat. Odatda 2–3 oy.

Tishlar orasida tirqish paydo bo'ldi, bu normalmi?

Ha. Yuqori jag' kengayganda old tishlar orasida vaqtincha tirqish ochiladi. Bu apparat ishlayotganining belgisi, keyin yopiladi.

Breket va apparatning farqi nima?

Breket tishlarni tekislaydi. Jag'ning holatini esa o'sish davrida apparatlar (Xayreks, yuz niqobi) o'zgartiradi.

Apparat bilan nima yesa bo'ladi?

Odatdagi ovqat. Faqat qattiq va yopishqoq narsalardan (yong'oq, saqich, qattiq konfet) saqlanish kerak.

Viloyatdan qatnasak bo'ladimi?

Ha. Namangan, Andijon, Buxoro, Jizzax va boshqa viloyatlardan bemorlar kelib ketishadi. Avval rentgen (3D, lateral, panoramik) va tishlar suratini guruhga yuborsangiz, doktor dastlabki maslahat beradi.

Konsultatsiya narxi qancha?

200 000 so'm. Unga ko'rik, aniq tashxis va davolash rejasi kiradi.

Davolash narxi qancha?

Narx apparat turi va muddatga bog'liq, shuning uchun konsultatsiyada aniq aytiladi.

Kech qolsak nima bo'ladi?

Doktor javobi: jag'ni apparat bilan taxminan 17–18 yoshgacha to'g'rilash mumkin. Undan keyin ko'p holatda faqat operatsiya va breket qoladi. Shuning uchun eng yaxshisi 7–9 yoshda boshlash.

Davolashdan keyin natija orqaga qaytmaydimi?

Yuqori jag' pastkisidan oldinga o'tkazilgach, pastki tishlar uni ushlab turadi va orqaga qaytmaydi. Tishlar tekislangandan keyin esa retyeyner qo'yiladi.

Doimiy tishlar kech chiqyapti, nima qilish kerak?

Bolaga qattiqroq taomlar bering: sabzi, olma, bodring. Yaxshilab chaynash doimiy tishlarning chiqishiga yordam beradi.

Qaysi filialga borsam bo'ladi?

Chilonzor yoki Beruniy filialiga. Sizga qulayini administrator bilan kelishib olasiz.

Guruhdagi 265 ta haqiqiy savol-javobOta-onalar o'z so'zlari bilan
›

Javoblar umumiy ma'lumot. Farzandingiz uchun aniq tavsiyani doktor ko'rikda beradi.

Savolingiz qoldimi?Guruhga yozing, doktor o'zi javob beradi
›